Dunyoning istalgan nuqtasiga individual parvoz

Shaxsiy charterning eng muhim ustunligi shundaki, bunday samolyot an’anaviy aviakompaniyalarning reyslaridan qat’i nazar xohlagan marshrutga uchadi. Agar muntazam tashuvchilar kerakli parvozni ta’minlamasa, yo’lovchiga nima bo’ladi? Bir yoki ikkita peresadka orqali vaqt va asablarni ketkazib parvoz qiladimi yoki quruqlik orqali undan ham qiyinroq variyantni tanlaydimi? Biznes aviatsiyasi ham shunga o’xshash muammolarni osonlik bilan hal qila oladi. O’zingiz va kompaniyangiz uchun AVIAV TM (Cofrance SARL) orqali xususiy samolyotni buyurtma qilasiz va eng qisqa vaqt ichida dunyodagi istalgan shaharga jimgina yetib borasiz. 

Yana bir katta afzallik – sizning hamrohlaringiz orasida begona odamlar bo’lmaydi. Siz noxush suhbatdoshlardan, shovqinli bolalardan, qo’shnilarni noqulay kayfiyatga tushadigan bo’lsangiz,. Siz o’zingizga kerak bo’lgan qulaylik darajasini yo byudjet parametrlarida ortiqchaliklarsiz variyantini, yo faqat parvoz uchun qo’shimcha jihozlash xizmatlarini buyurtma berish orqali tanlab olasiz. 

AVIAV TM (Cofrance SARL) sizga dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan: Bombardier, Embraer, Sukhoi Superjet, Pilatus, Fokker, Saab, Cessna, Dassault Aviatsiya, Gulfstream, Beechcraft va boshqalardan modellar taklif qiladi. Ularning barchasi ishonchliligi va birinchi darajali parvozlar ko’rsatkichlarini taminlaydi. Faqat kerakli variantni tanlaysiz xolos, zarur bo’lganda, aviatsiya bo’yicha malakali mutaxassis sizga ob’ektiv maslahat beradi.

 

Qirg’izistondan amalga oshiriladigan parvozlar hududi 

Qirg’iziston aeroportlaridan yo’nalishlar geografiyasi juda keng tarqalgan deb aytish qiyin. Xattoki, davlatining asosiy havo porti – Manasdan Evropaga muntazam reyslar amalda mavjud emas va faqatgina ba’zi Osiyo va Rossiyaning shaharlariga talab mavjud, xolos. Bu holat dunyoning turli mamlakatlariga erkin sayohat qilishi kerak bo’lgan mamlakat ishbilarmonlariga mos kelmaydi. Biroq, aviakompaniyalarni ham tushunish mumkin: ular bir nechta odamlar uchun yarim bo’sh samolyotlarni “ishga tushirish”ni afzal ko’rishmaydi. 

Bunday vaziyatda AVIAV TM (Cofrance SARL) xalqaro biznes aviatsiya markazi yordam beradi. Bizning afzalligimiz shundaki, biz peresadkasiz deyarli barcha yo’nalishlarda qulay vaqtda parvozni ta’minlay olamiz. Qirg’iziston poytaxti aeroportining uchish-qo’nish yo’lagi va texnik jihozlari Trans-Atlantika reyslari uchun mo’ljallangan eng kuchli uzoq masofaga uchadigan samolyotlarga ham xizmat ko’rsata oladi. Shuning uchun, siz boshqa bir qit’aga kichik bir guruh bilan uchib ketishingiz kerak bo’lsa, bundan oddiy narsa yo’q: Kofransga qo’ng’iroq qiling va sizga Dassault Falcon 5X yoki mashhur Gulfstream – G 650 ER samolyotini taqdim etamiz va siz butun dunyo bo’ylab sayohat qilishingiz mumkin!

 

Xavfsizlikning yuqori darajasi  

Biznes-aviatsiya sohasida xavfsizlik masalalariga doimo alohida e’tibor beriladi. Har bir samolyot uchishidan oldin ehtiyotkorlik bilan tekshiriladi va faqat mukammal holatdagina uchishi uchun ruxsat beriladi. Fuqaro havo kemalarida katta tajribaga ega bo’lgan yuqori malakali uchuvchilargina biznes-reysni boshqarib uchishi mumkin. Shuningdek, parvoz xodimlari yuqori malakali mehmonlarga xizmat ko’rsatishga qaratilgan xalqaro sertifikatlash va maxsus treninglardan o’tishadi. 

AVIAV TM (Cofrance SARL) advokatlari parvozni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ruxsatni qabul qilib, uni zarur hollarda tekshiradilar. Albatta, urush mintaqasida reyslar amalga oshirilmaydi, va agar shunday yo’l mavjud bo’lsa, u uzoq masofadan aylanib o’tiladi. 

Mijoz bilan aloqa o’rnatishda maxfiylik qat’iyan ta’minlanadi. Agar o’zingiz xohlamasangiz, hech kim sizning qachon va qayerda uchishingizdan xabari bo’lmaydi. Agar kerak bo’lsa, aeroportga yetkazib berish uchun shaxsiy qo’riqchi va zirhli transport vositalarini ta’minlab berishga tayyormiz.

 

Yordamga vertolyotlar kelganda 

Ba’zan mijozlar samolyot uchmaydigan uzoq joylarga tezda borishlari kerak bolib qoladi. Bu holatda AVIAV TM (Cofrance SARL) yordam beradi: tezkor ko’chib yurish uchun vertolyot taqdim etamiz. Avval, biznes jeti sizni aeroportga olib boradi, keyin esa vertolyot sizni “ushlaydi” va sizni manzilingizga olib boradi. Har daqiqa muhim bo’lgan vaziyatlar mavjudligini tushunamiz. 

Qirg’izistonda vertolyotlar juda mashhur. Mamlakatda ko’plab vertolyot maydonlari mavjud va bu transport vositasini ijaraga olish ancha arzon. Tog’li hududda vertolyot o’rnini hech narsa bosa olmaydi va siz AVIAV TM (Cofrance SARL) bilan bog’lansangiz, uni har qanday vaqtda buyurtma qilishingiz mumkin: biz mamlakatda har qanday parvozni va kerakli hajm va imkoniyatni taqdim etamiz.

 

Sizning ishonchli hamkoringiz – AVIAV TM (Cofrance SARL) 

European Air Broker Kofrans SARL nufuzli aviatsiya biznes uyushmalarining a’zosi hisoblanadi: EBAA (European Business Aviation Association), NBAA (National Business Aviation Association), Avinode etakchi charter tarmog’i a’zosi, dunyodagi mijozlar, xususan Qirg’izistondan, tomonidan ijobiy fikrlarga va xalqaro mukofotlarga ega. Bizning o’n yil lik tajribamiz mobaynida ma’lum obro’ga erishdik va eng ishonchli sheriklarimizning qo’llab-quvvatlanishidan bahramand bo’ldik.

Bularning barchasi kompaniyaning barqarorligi va imkoniyatlari haqida gapiradi, bizga ishonishingiz mumkin va shubhasiz biznes aviatsiyasi bilan bog’liq har qanday vazifalarni tezda hal qilishga yordam berishimiz mumkinligiga ishonchingiz komil bolsin. Nostandart yo’nalishda parvoz kerakmi? AVIAV TM (Cofrance SARL) bilan bog’laning: bir necha soat ichida shaxsiy biznes jeti bilan chiqib ketishingiz mumkin!

Яндекс.Метрика Top.Mail.Ru